TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekistonda quyosh texnologiyalarini qo‘llagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilmalar yaratilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Bu ish bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari shug‘ulanishmoqda.
“O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaradlash qurilmasi ishlab chiqilmoqda va barcha hududlarda joriy etiladi” – deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, buning natijasida respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi. 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda mamlakatda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi xabar qilingan edi.