AQSh prezidenti Jo Bayden administratsiyasi qolgan amerikalik diplomatlarni Ukrainadan olib chiqishni buyurdi, elchixona Polshaga ko‘chirilmoqda, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga asosan.
Qayd etilishicha, bunday qaror xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilingan. Agar ehtimoliy "bostirib kirish sodir bo‘lmasa" diplomatlar Ukrainaga qaytadi.
"Bayden administratsiyasi Davlat departamentining qolgan barcha xodimlariga Ukrainani tark etishni buyurdi. Elchixona avvalroq g‘arbiy Lvov shahriga ko‘chirilgan edi. Endi u Polshaga ko‘chirilmoqda", - deya xabar berdi agentlik muxbiri Twitter sahifasida.
Avvalroq AQSh o‘z elchixonasini Kiyevdan Lvovga ko‘chirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari keng yig‘ilishidan so‘ng Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga murojaat qildi.
U qon to‘kish, zo‘ravonlik va qonunsizlik yo‘liga kirganlar Donbassdagi mojaroning boshqa yechimini tan olmagani uchun LXR va DXR suverenitetini zudlik bilan tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilishni zarur deb hisoblaganini aytdi.
Murojaatdan so‘ng darhol Kremlda prezident respublikalarni tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.