Nozima Davletova Mass-media fondi direktori lavozimiga tayinlandi

Davletovaning nomzodi Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilmoqda fond matbuot xizmati
Uning nomzodi bu lavozimga Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan.
Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega. Gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lib ishlagan.
2021 yil fevralidan buyon Akbar Rizayev Mass-media fondi direktori sifatida mehnat qilib kelayotgan edi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 2019-yil noyabr oyida bir guruh tashabbuskor jurnalist va blogerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirish, media vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularni moddiy qo‘llash maqsadida tashkil etilgan. Komil Allamjonov Fond vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva rais o‘rinbosari.