TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Tojikiston delegatsiyasi Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston respublika Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Tojikiston delegatsiyasiga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdulg‘affor Rahmonzoda boshchilik qildi.
Muzokaralar natijasida tomonlar 4ta hujjat imzoladi.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Tojikiston Mehnat vazirligi huzuridagi migratsiya xizmati o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum va deklaratsiya imzolandi.
Mehnat munosabatlarini raqamlashtirish va kasb-hunar ta’limi sohasida loyihalarni boshqarishda hamkorlik qilish deklaratsiyasini amalga oshirish rejasi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.
Qayd etilishicha, mazkur majburiyatlarning amalga oshirilishi qo‘shni respublikalarning mehnat va bandlik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bitimlar mehnat bozorini o‘rganish, kadrlar tayyorlash va yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassislarni o‘qitish sohasidagi aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.