Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qildi Transport vazirligi.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga respublikaga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining 2 marotaba qatnovi amalga oshiriladi.
Poyezdlar 18 va 25-fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali e-ticket.railway.uzdan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.