Andijondagi portlashda chet el fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Shahrixon tumanida joylashgan xususiy shifoxonada 11-fevral kuni gaz portlashi oqibatida bir kishi qurbon bo‘lgandi.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi shifoxonada gaz portlashi oqibatida Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Portlash oqibatida 56 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi R.N. (ayol) halok bo‘lgan. Uning jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg‘izistonga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Shahrixon tumanidagi “Ziteriya” MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida portlash sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan, 11 kishi jarohatlangan. Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining “mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoiy ish ochgan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.