Oshqovoqning ko‘plab foydali jihatlari ma’lum. Birinchidan, oshqovoq eng yaxshi parhezbop mahsulot. Tarkibidagi ozuqaviy tolalarga boyligi sabab organizmdan zararli shlaklarni chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, unda A, S, E, K, T va V guruhi vitaminlari bor. Yana ushbu ajoyib sabzavotda kaliy, kalsiy, fosfor va temir moddalari mavjud.
Tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Mixail Ginzburg RIA Novostiga qovoqni qish faslida iste’mol qilishning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi.
“Qovoqda shamollash va gripp mavsumida zarur bo‘lgan minerallar ko‘p”, deydi Ginzburg.
Gap shundaki, qovoq tarkibida shamollashga qarshi askorbin kislotasi bor. Shu sabab qovoq preparat tayyorlashda ham ishlatiladi. Qish faslida insonda charchoq hissi oshadi, stressga ta’sirchanlik kuchayadi. Ushbu sabzavot tarkibidagi V guruhi vitaminlari charchoq va uyqusizlikda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun uyqudan oldin bir stakan qovoq sharbatini iste’mol qilish ham foydali.
“Qovoq sharbati va pistasi erkaklar salomatligi uchun ham foydali jihatlarga ega. Bundan tashqari, ayollar organizmiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qovoq homilador ayollarning har kunlik ratsionida bo‘lishi lozim. Chunki u toksikozni yengil o‘tkazishda yordam beradi”, - deydi mutaxassis.
Xususan, oshqovoq qishda terini yaxshi holatda saqlashda ko‘mak beradi. Tarkibidagi faol A va E vitaminlari tufayli kosmetologiyada, teri qarishini oldini olishda keng qo‘llaniladi.