TOShKENT, 11 fev - Sputnik. O‘zbekiston hududiga 11-12 fevral kunlari Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda "O‘zgidromet".
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi. Havo harorati 12-17° iliq bo‘ladi.
Shuningdek, bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.
12 fevral kuni Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Yo‘llarda ko‘rinish 50mgacha pasayishi mumkin