TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasi pora olishda gumonlanmoqda. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Kengashning 7-fevral kungi yig‘ilishida Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasi T.O.ni jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma muhokama qilingan.
Kengash yakunida uni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.
Xabarda tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qo‘shimcha qilingan.