Angrenda 16 metrli quduqdan fuqaro va it bolasi qutqarildi - foto

Fuqaro ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan quduq ichiga tushib ketgan kuchukni olib chiqmoqchi bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahrida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
7 fevral kuni soat 11:48 da shaharning 3-yong‘in-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga tashvishli xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan quduq ichiga tushib ketgan it bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketgan va o‘zi ham quduqqa tushib ketgan.
Quduqqa tushib ketgan kuchuk bolasi
Qutqaruvchilar fuqaro va kuchukchani quduq ichidan olib chiqishdi.