TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiyalik sayohatchi bloger Maksim Limar 2-fevral kuni Buxorodan Novosibirskka uchib ketish vaqtida, aeroport chegara nazorati xodimlari tomonidan ushlandi.
Sabab - uning qo‘l yukida kvadrokopter topilgani bo‘lgan. Rossiya fuqarosi vaqtinchalik ushlangan va u o‘zi yashab turgan xonadonga joylashtirilgan. Ayni damda vakolatli organlar tomonidan kvadrokopterning og‘irligi va o‘lchamlari ekspertiza qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, noqonuniy uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish yoki ulardan foydalanish uchun – 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
“Rossiya elchixonasi Limar va O‘zbekiston huquqni saqlash organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turmoqda va vaziyat imkon qadar tezroq hal bo‘lishiga va fuqaroning uyiga qaytishidan umid qilmoqda”, - deyilan elchixona xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2015-yilda respublika hududiga og‘irligi 2 tonnagacha bo‘lgan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanishni ta’qiqlovchi qonun qabul qilingan.
2016 yidan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan.
2019 yilning noyabr oyidan boshlab esa O‘zbekiston qonunchiligida uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash, sotish va foydalanish uchun 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.