TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Markaziy Osiyodagi “blekaut”: sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov.
“Birovni ayblash hali erta, chunki komissiya hozir o‘z ishini olib bormoqda”, — dedi u.
U Markaziy Osiyodagi ommaviy elektr energiyasining uzilishini “g‘ayrioddiy voqea” deb atadi: energetika sanoati bunday voqea bo‘lganini eslay olmaydi.
25 yanvar kuni Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta uzilish yuz berdi. Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi 28-yanvar kuni avariyaga O‘zbekistondagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Kompaniyaning xabariga ko‘ra, 2022-yil 25-yanvar kuni soat 11:59 da qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESdagi 6ta energoblok birdaniga o‘chirildi. Umumiy elektr energiyasining ishlab chiqarilishidagi yo‘qotilishi 1500 MVt dan oshdi.
Hukumat komissiyasi
Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriqni berdi.
Birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste’molchilarning elektr ta’minotini tiklash vazifasi qo‘yildi.
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.
Markaziy Osiyodagi blekaut
25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzilgandi.
Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini ma’lum qilindi.
27 yanvar kuni soat O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.