TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden AQSh tomonidan Suriyada o‘tkazilgan operatsiya vaqtida "Islom davlati"* (ID) yetakchilaridan biri Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshiy yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
AQSh maxsus kuchlari Suriyaning Idlib provinsiyasida o‘tkazgan operatsiya natijasida 2019-yilda terrorchilik tashkilotining sobiq rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganidan so‘ng Qurayshiy "ID"* boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti