TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yangi Zelandiya jamoasining 12 futbolchisida o‘yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangan. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini aytgan.
“O‘z navbatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o‘yinni qoldirishga qaror qilishdi”, - deyilgan xabarda.
FIFA kunlarida doirasidagi O‘zbekiston - Yangi Zelandiya o‘rtoqlik uchrashuvi 1-fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tishi kerak edi.