Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ruhiy kasalliklar dispanserida "uchotda" turgan

Vrach vixodit iz operatsionnoy
Qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ona ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi.
Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Bundan avval Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi. Z.T. ismli ayol va 31 yoshda. Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiladi.
Ayol 2018-yilda tug‘ilgan qizi va yana bir farzandi bilan otasining uyida yashab kelmoqda.
Ayol Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan va hozir u bilan birga yashamaydi. Shu sababli ayol ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.
Mutasaddilar ajralish yoqasiga kelib qolga fuqaro Z.T.ning oilasini yarashtirish choralarini ko‘rishgan.
Z.T. 2021-yilda "ayollar daftari"ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.