Namangandan Rossiyaning Perm shahriga ilk parvoz amalga oshirildi

Namangan aeroportidan "to‘liq iqtisodiy klass"ga (Full economy) o‘tkazilgan ilk parvoz amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. 30 yanvar kuni " Uzbekistan Airways" tomonidan “Sharqiy” xab loyihasi doirasida ilk Namangan – Perm yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ilk reys "to‘liq iqtisodiy klass"ga (Full economy) o‘tkazilgan Airbus A320havo kemasida 174 nafar yo‘lovchini Rossiyaning Perm xalqaro aeroportiga eltib qo‘ydi.
Navbatdagi reyslar Rossiyaning Moskva, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar, Yekaterinburg va Ufa shaharlariga rejalashtirilgan.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” Namangandan Rossiya shaharlariga arzon chiptali parvozlarni boshlashi xabar qilingan edi.