TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtiroki borasida U-Report bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rov natijalari e’lon qilindi.
So‘rov maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokini qanday his qilishlarini bilib olish bo‘lgan.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, respodentlarning:
51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi;
81 foizi korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyor;
46 foizi atrofdagilar pora olish/pora berishiga salbiy munosabatda.
Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 81 foizi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etishni korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Respondentlarni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sabab:
E’tiqodga zid kelishi – 26 foiz;
Noqonuniylik – 25 foiz;
Qadriyatlarga/tarbiyaga zid ekanligi – 16 foiz;
Jinoiy jazodan qo‘rqishi - 9 foiz.
Qatnashchilarning 9 foizi esa agar boshqa iloji bo‘lmasa, pora berishdan hech narsa to‘xtatmasligini bildirgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul deb hisoblanuvchi TOP-3 javoblar:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (33 foiz);
Men o‘zim (27 foiz);
Huquqni muhofaza qilish idoralari (11 foiz).
Qatnashchilarning 39 foizi esa pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi
So‘rovning maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokiga munosabatini aniqlash bo‘lgani sababli 7 dan 35 gacha bo‘lgan yoshlar tanlangan. So‘rovda 16 189 kishi qatnashgan.
Respondentlarning o‘rtacha yoshi 21.5 yoshni tashkil etdi. Bundan tashqari, respondentlar 7-15 yoshgacha, 16-25 yoshgacha va 26-35 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhlariga bo‘lingan. 16-25 yoshdagi respondentlar ko‘pchilikni tashkil etdi – 68,8 foiz. Respondentlarning ko‘pchiligi Navoiy (17 foiz), Samarqand (11 foiz) va Buxoro viloyatlariga (9 foiz) to‘g‘ri keldi. Eng kam ishtirokchilar Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlaridan bo‘ldi – 3 foiz va 4 foizdan to‘g‘ri keldi.