Qasim-Jomart Toqayev o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi

Toqayevning fikricha, o‘zbekistonlik boylar o‘z hisobidan infratuzilma va shifoxonalar qurmoqda, qozog‘istonliklar esa o‘z yurtiga hujum qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev "Xabar 24" davlat telekanaliga bergan intervyusida o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi.
Qozog‘iston rahbarining fikricha, o‘zbekistonlik boylar o‘z hisobidan infratuzilma va shifoxonalar qurmoqda, qozog‘istonliklar esa o‘z yurtiga hujum qilmoqda.
“Men O‘zbekistondan tashqarida — chet elda katta pul ishlab topgan o‘zbekistonlik boylarga razm solaman. Ular vataniga qaytib kelib, ‘O‘zbek xalqi uchun nima qilaylik, qanday yordam beraylik?’ deya O‘zbekiston prezidentidan topshiriq so‘rab olmoqda. Va o‘z mablag‘laridan kasalxonalar qurib, infratuzilmani barpo etmoqda. O‘zbek va qozoq oligarxlari o‘rtasidagi katta farq shunda, biznikilar o‘z vataniga shu yerda, qolaversa, xorijda turib hujum qilmoqda", — deydi Toqayev.
Qozog‘iston boyligining yarmiga atigi 162 kishi egalik qiladi – Toqayev

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

2022 yil 2-yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gazning narxi oshishi norozilik namoyishlarga sabab bo‘ldi. Norozilik to‘lqini boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Qozog‘iston prezidenti gaz narxi oshishiga qarshi mitinglar vaqtida fuqarolarni ig‘volarga berilmaslikka chaqirdi. Hukumat iste’foga chiqarildi.
Biroq ko‘rilgan choralarga qaramay, zo‘ravonlikning yanada kuchayishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ochiq qarshilikka aylandi. Ushbu harakatlar ma’muriy muassasalar, ichki ishlar bo‘limlari, tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilarga ommaviy qurolli hujumlar ko‘rinishida kechdi.
Qozog‘istonda 10-yanvar - milliy motam kuni
5 yanvar kuni Olmaotada ma’muriy va harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirilgan, aeroport egallab olingan, yo‘lovchi va yuk samolyotlari ushlab turilgan. Olmaota shahar ichki ishlar departamenti binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etdi.
Tartibsizliklar ortidan butun mamlakat bo‘ylab 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi, aksilterror operatsiya boshlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar orasida radikal islomiy guruhlar tarafida "qaynoq nuqtalar"da jangovar qatnashish tajribasiga ega bo‘lgan bor.
Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealarda 17 nafar harbiy halok bo‘lgan, 1300 nafari yaralandi. Qurbonlarning umumiy soni aniqlanmoqda. Maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar qurolli jinoyatchi o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev “terrorchilik tahdidini bartaraf etishda” KXShTdan yordam so‘radi.
Tashkilot tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondagi vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatga yubordi. Ularning Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozog‘istonda bo‘lish davridagi asosiy vazifasi o‘ta muhim strategik obyektlarni qo‘riqlash edi.
13 yanvar kuni Qozog‘istondan KXShT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi.
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish ochgan.