TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi tashkil topganining 30-yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qildi.
Faqat 28-yanvar kuni Uzbekistan Airwaysning barcha reyslari aviachiptalariga 30% chegirma amal qiladi, - deyilgan xabarda.
Aksiya qoida va shartlari:
30% chegirmali aviachiptani 2022-yilning 28-yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (mahalliy vaqt) gacha xarid qilish mumkin;
Aviachiptani www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airvays Sales filialida va aviakompaniyaning O‘zbekistonda Respublikasidagi agentlaridan xarid qilish mumkin;
Aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);
Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi;
Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qo‘llash taqiqlanadi;
Chegirma code share reyslarida va savdo bitimlari doirasida e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi;
Aksiya doirasida sotib olingan aviachiptalarni qaytarish va boshqa sanaga rasmiylashtirish shartlari bilan aviakompaniya rasmiy saytida tanishish mumkin.