Soliq kodeksining 75-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida qonun tayyorlandi

Ayrim soliqlardan to‘liq ozod qilingan soliq to‘lovchilar soliqlarni hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Moliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 75-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qo‘ydi.
Qonun loyihasi O‘zbekiston Soliq kodeksining 75-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi moddalardan iborat.
Xususan, 2022-yil 1-iyuldan boshlab ushbu kodeksning 483-moddasiga, O‘zbekiston prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha berilgan to‘liq ozod qilish ko‘rinishidagi soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarga, ko‘rsatilgan soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foiz miqdorida to‘lashini nazarda tutuvchi tartib kiritilmoqda.
Kutilayotgan natija - yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek Kadastr organlarida ularning to‘liq hisobini yuritishni ta’minlash hisoblanadi.