Nega AQShda narx ko‘tarilishi butun dunyoga tahdid soladi

AQShda inflyatsiya rekord o‘rnatdi – bunaqasi 40-yil bo‘lmagandi. Bu iqtisodiyotga inqirozga qarzi pullarni kiritish natijasidir.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Irina Badmayeva. Amerikaning pul chop qiluvi dastgohi uchun butun dunyo badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi, biroq prezident Jo Bayden bu haqda jurnalistlar bilan gaplashishni istamaydi.

Imkoni boricha

Yillik ko‘rinishdagi yetti foiz – dekabr ko‘rsatgichi. Buni dushanba kuni Oq uyda muhokama qilishdi. Bayden iqtisodiy maslahatchlari bilan uchrashdi. Efirga uzatildi.
Jurnalistlarni zal chiqarishayotgan paytda Fox News telekanali jurnalisti Piter Dusi prezidentga qichqirdi: “Saylovlar arafasida (bu yil oxiridagi kongressga saylovlar – tahr.) inflatsiya katta siyosiy muammo bo‘ldi deb hisoblaysizmi?”
Chamasi, bu savol Baydenga uncha xush kelmadi. “Bu katta qiymat (aktiv). Ko‘proq inflyatsiya bo‘lsin. Qanaqa bu itdan tarqagan ahmoq”, - deya javob berdi u istehzo bilan. Ehtimol, u mikrofon o‘chirilgan deb o‘ylagan.
Bir soat o‘tib prezident kechirim so‘rash uchun jurnalistga qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar qildi Fox News. Emishki, “hech qanday shaxsiy munosabat yo‘q”.
Piter Dusi va Bayden o‘rtasidagi munosabatlar oddiy emas. Muxbir o‘tkir savollarni berishni yaxshi ko‘radi. Davlat rahbari uni mulohazasiz kishi deb ataydi.
Prezident boshqa jurnalistlarga ham unchalik iltifot ko‘rsatmaydi.
Bayden matbuot bilan talashayotgan vaqtda, inflyatsiya o‘sishda davom etmoqda. 2020-yilda AQSh Federal zaxira tizimi (FZX) trillion dollarlar bosib chiqardi. Beznesga, uy xo‘jaliklariga tarqatishdi.
“Har bir amerikalik pul oldi va tovar va xizmatga sarfladi, bu bilan mahsulotlarga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarishdi”, - deya tushuntiradi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot nazariyasi dotsenti Yekaterina Novikova.
Bayden rekord darajali inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi
Inqirozga qarshi mablag‘larining asosiy ulushini moliya bozori shimib oldi. Asta-sekin bu trillionlar real iqtisodiyotga kirib, iflyatsiyani ko‘taradi.
“Dollarning global valyutalar zaxirasi tuzilmasi (59 foizdan yuqori) va xalqaro savdo-sotiqdagi (87 foiz olti-sotdi) mavqeyi Vashingtonning qo‘lini yechadi. AQSh iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun pul massasini faol oshirishi mumkin”, - deydi “ABS” investitsiyaviy kompaniya bosh direktori Yevgeniy Lashkov.
Yarim yil ichida amerika indeslari o‘rtacha uchdan birga o‘sdi.

Oqibatlarini o‘ylashni unutishdi

Pandemiya avjida pul kiritish muqarrar edi.
“Oqibatlar haqida hech kim o‘ylab ko‘rmadi. Boz ustiga amerika iqtisodiyoti – global bozor lokomotivi. Okean ortidagi har qanday o‘zgarish bir zumda boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ustiga ustak salbiy”, - deydi moliyachi Andrey Plotikov.
Qimmatlash na amerikliklarga, ham qolgan barchaga biror bir yaxshilik olib keladi. Shubhali “qiymat”.
“AQSh inflyatsiya mahluqini qo‘yib yubordi”, - deya qo‘shimcha qildi RIA Novosti suhbatdoshi.
Yevropa markaziy banki ham faol pul bosib chiqardi. “Buyuk Britaniyada inflyatsiya beshdan ko‘proq. Germaniya, Fransiyada ham deyapli shuncha. Bu o‘n yillik maksimum”, - deya ta’kidlaydi investor, “Amaliy sarmoya kiritish maktabi” asoschisi Fodor Sidorov.
Ayrim mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilarning boshlang‘ich narxlari dekabrning o‘zida 25 foizga ko‘tarilib ketdi.
“Bu global inflyatsiya sekinlashmasligini anglatadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, Rossiya jabr ko‘radi. Import tovarlar, xom ashyolar qanchalik qimmat bo‘lsa, ichki bozordagi narx shuncha yuqori bo‘ladi”, - deya davom ettiradi ekspert.
Vaziyat ishlab chiqarish haligacha tiklanmagani bilan murakkablashadi. Talab esa oshmoqda – boz ustiga hamma yerda.
Bu yopiq doira markaziy banklar tomonidan faqat stavkalar oshishini to‘xtatishi mumkin. FZT bunga allaqachon tayyor. Va, ehtimol, birinchi qadamni mart oyida qo‘yadi. Jami bundan raundlar kamida to‘rtta bo‘ladi. Lekin tahlilchilar inflyatsiya susayishini faqat yil oxirida prognoz qilishmoqda. Hoziroq natija beradigan bunday vosita yo‘q.
Yana oqibatlarsiz bo‘lmaydi: rivojlanayotgan bozorlardan kapitallarning ketishi, milliy valyutalarning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning to‘xtab qolishi.
Rossiya nima sababdan AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotib yubordi
FZTning inflyatsiyaga qarshi siyosati xom ashyoga bo‘lgan talabning global kamayishiga olib keladi. Bu eksportga moslashgan rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, Rossiyaga foydali emas.
Buning ustiga pul-kredit siyosatining birdaniga keskinlashishiga umid qilmaslik darkor. Oq uyni bu qiziqtirmaydi, deb hisoblaydi Yevgeniy Lashkov. Kongressga saylovlar yaqinlashmoqda, demokratlar esa ovozlarni yo‘qotishni xohlashmaydi. Baydenning reytingi esa 40 foiz, xolos – kamroq faqat undan oldingi prezident Donald Trampda bo‘lgan (38).
“Morning Consult/Politico” ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchi demokratlar orasida amaldagi prezidenti 78 foizi qo‘llab-quvvatlaydi. So‘zsiz – har uchinchisi, xolos. Birgina dekabrda Bayden 15 bandni qo‘ldan chiqardi. Saylovchi respublikachilar orasida esa uni mutlaq ko‘pchilik qo‘llamaydi.