Rossiya va Suriya qiruvchilari birgalikda o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazdi - video

Kelajakda Rossiya Suriya havo kuchlarining birgalikda amalga oshirayotgan parvozlari doimiy bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Rossiya va Suriyaning harbiy uchuvchilari Suriya arab respublikasi hududi ustida ilk bor birgalikda havo patruli xizmati o‘tkazishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.
Unda Rossiya Havo kosmik kuchlari Su-34 va Su-35 qiruvchi samolyotlari hamda A-50 uzoq radiolokatsion aniqlash samolyotlari Suriya havo kuchlari esa Mig-23 va Mig-29 qiruvchi samolyotlari bilan ishtirok etishdi.
Rossiya samolyotlari Xmeymim aviabazasida havoga ko‘tarilishdi, Suriya samolyotlari - Damashq yaqinidagi Seykal va Dumeyr aerodromlaridan. Mashg‘ulot jarayonida Rossiya kuchlari yerdagi nishonlarga zarba berishni mashq qilishdi, Suriya bo‘lsa - ularni havodan himoya qilish vaziyafasini bajardi, deyilgan xabarda.
Patrul parvoz yo‘nalishi G‘o‘lon tepaliklari, Suriyaning janubiy chegarasi, Furat darosi bo‘ylab tepaga hamda Suriya shimoli bo‘ylab o‘tdi. Mashq davomida uchuvchilar belgilangan nishonlarga raketa uchirib doimiy joylashgan joyiga qaytishdi. Kelajakda bunday parvozlar doimiy bo‘ladi, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya havo kosmik kuchlari 2015-2017 yillarda Suriya hukumati tomonida mamlakatni egallab olmoqchi bo‘lgan Islomiy davlat* jangarilariga qarshi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan edi. Shundan so‘ng Rossiya harbiy kuchlarining aksariyati mamlakatdan olib chiqib ketildi. Bugungi kunda Suriyada Rossiya harbiylarining kam sonli kuchlari mamlakat hududida qolib terrorchilarga qarshi kurashda yordam berib kelmoqda.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot