Navoiyda “Matiz” haydovchisi YPX xodimini do‘pposladi

Qoidabuzar haydovchi avtomobilini jarima maydoniga olib ketishilariga qattiq qarshilik qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do‘pposlangani aytilgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati bosh boshqarmasi (YHXBB) holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Voqea 22-yanvar kuni soat 12:20 larda viloyatning Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan. YPX xodimi “Matiz” haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruvda haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi aniqlangan.
Toshkentda yo‘l o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q uzgan kishi 15 sutkaga qamaldi
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketishmoqchi bo‘lishgan. Shu payt 29 yoshli haydovchi YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Tuman prokuraturasi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.