TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida kuchli shamol bir necha tup ignabargli daraxtlarni qulatdi, deb xabar qilmoqda Uzb_Meteo telegram kanali.
G‘allaorol tumaning Qo‘ytosh ShFY hududida bugun esgan kuchli shamol hududdagi noyob turdagi 25 ta archa daraxtlarini ildizi bilan yiqitdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zgidrometning "G‘allaorol" kuzatuv stansiyasida bugun soat 12:30 da g‘arbiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 12 m/s dan 25 m/s tezlikkacha kuchayishi kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekistonga Eron tomonidan sovuq havo kirib kelishi va ayrim viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi, ushbu munosabat bilan haqida xabar berilgan edi.