TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiyada Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik ushlandi.
O‘zbekiston Davlat xizmati xavfsizligi xabariga ko‘ra, qashqardarolik erkak Rossiyadamavsumiy ishlashi davrida Internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib qolgan. Keyin u qo‘poruvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
Bu fuqaro DXX xodimlari va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarda qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.
Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq 1999-yildagi Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlariga aloqasi borligi uchun 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingani xabar qilingan edi.