YPX postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar paydo bo‘ladi

“Chinor” va “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi YPX postlarida "yashil" va "qizil" yo‘lak tizimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi muhokamaga qo‘ygan tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etiladi. Bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida qo‘llaniladi.
Toshkentda ekopolitsiya xizmati avtomobillari namoyish qilindi
Bundan tashqari, “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi)tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.
U transport oqimini hisoblash, tirbandliklarni oldini olish, qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash hamda transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
“RFID” tizimini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yo‘l-patrul xizmati maskanlari, blokpostlarida o‘rnatish rejalashtirilmoqda.