Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida 27 yoshli rossiyalik ayol halok bo‘ldi

Jambil viloyatida bo‘lgan tartibsizliklar vaqtida 27 yoshli rossiyalik ayol halok bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida bo‘lgan tartibsizliklar vaqtida 27 yoshli rossiyalik ayol halok bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi elchixonasi xabar qildi.
6 yanvar kuni Taraz shahrida bo‘lgan tartibsizliklarda rossiyalik ayol M.V.Kim - 3 nafar farzandning onasi halok bo‘ldi. Ayol ishdan uyga ketayotgan paytda banditlar hujumiga uchradi.
Rossiya elchixonasi Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligiga bu jinoyatni batafsil va har tomonlama tergov qilish yuzasidan so‘rovnoma yubordi.