Pomidor-nafaqat tetiklantiruvchi va mazali tabiiy gazak, balki tanaga mador beruvchi mahsulot hamdir. Portugaliya sog‘liqni saqlash tadqiqotlari va innovatsiyalar instituti pomidor antioksidantlarga boy degan xulosaga keldi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Likopen - asosan, qizil pomidor tarkibidagi modda - kuchli antioksidantdir. Likopen saraton kasalligini oldini olish uchun zarur va eng muhimi, bu modda issiqlik bilan qayta ishlov berilgan pomidorlarda - masalan, souslarda, pomidor sharbatida yoki quritilgan pomidorlarda ko‘p bo‘ladi.
Bundan tashqari, pomidor tarkibida V, E va S vitaminlari, kalsiy, temir, magniy, kletchatka va pektin kabi moddalar bor.
Pomidorda S vitamini ham mavjud. Likopin bilan birgalikda ushbu vitamin yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
“Likopin tufayli immunitetning himoya qiluvchi hujayralari faollashadi”, deydi shifokor-parhezshunos, diyetolog va nutritsiologlar Milliy Assosiatsiyasi a’zosi Natalya Kruglova Sputnik radiosiga bergan intervyusida.