Begonalarga joy yo‘q: AQSh SSSR qayta tiklanishini payqab qoldi

Qozog‘istondagi voqealarni G‘arbda “Putin ultimatumi” deb atashayotgan, ya’ni Rossiyaning AQShdan Ukrainadan va postsovet hududidan chekishish talablaridan alohida tahlil qilib bo‘lmaydi va baho berishning iloji yo‘q.
Sputnik
Lekin bu yerdagi bog‘liqlik o‘ylagandan ko‘ra boshqacharoq.
Qozog‘iston voqeasini allaqachon Moskva va Vashington o‘rtasidagi katta savdoga tayyorgarlik ko‘rish sifatida ko‘rmoqda: G‘arb respublikadagi g‘alayonlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga, o‘z ssenariysini o‘ynashga urindi, biroq Rossiya zudlik bilan qo‘shni mamlakatga yordam oshiqdi va bu bilan xavfli fitnani bostirdi.
Pirovardida bunday kimga naf ekanligi borasida bahslashishmoqda: Postsovet hududida o‘z ta’sirini tasdiqlagan Rossiyagami, yoki Moskvani qo‘shimcha ravishda tajovuzkor deb tasvirlash imkoniga ega bo‘lgan AQShmi?
Ammo anglosakslar bir necha oy Rossiyaning Ukrainaga hujumiga tayyorlagan yevropaliklar uchun desantchilarimiz Qozog‘istonda aslida nima bilan shug‘illanishayotgani unchalik muhim emas. Ular nazdida “ishg‘olchilar” nima ish qilishi shundoq ham ayon.
Lekin garchi Shtatlar hozir “rus qo‘shinlaridan xalos bo‘lish juda qiyin” degan mavzuni aylantirayotgan bo‘lsada, ular uchun Qozog‘iston voqealarining asosiy fikri boshqa narsada: ular Rossiya postsovet hududida o‘z ta’sirini qayta tiklayotganiga batamom ishonch hosil qilishdi. Ya’ni “Putin ultimatumi” tasodif emas va safsataga umuman o‘xshamaydi, shunday ekan amerikaliklar Moskva bilan muzokaralarni noqulay noaniqlik muhitida boshlashadi. Nimalar bo‘lyapti o‘zi, rus nimalarni o‘ylab qo‘yishgan?
NATO “rus geosiyosiy ekspansiyasiga” qarshi yonma-yon turmoqda
SSSRni qayta tiklash? Yakshanba kuni CNN telekanali efirida bu haqda davlat kotibi Entoni Blinkendan so‘rashdi va u bajonidil javob berishga rozi bo‘ldi. “Men o‘ylaymanki, bu shunday, bu prezident Putinning maqsadlaridan biri. Va bu ilgari Sovet Ittifoqi qismi bo‘lgan mamlakatlar ustidan ta’sirning tiklanishi demak”.
Biroq, Blinken darhol “SSSRning qayta tiklanishi nomaqbul ish” ekanini qo‘shimcha qildi. Ya’ni so‘nggi o‘n yil ichida Vashingtonda takrorlashni yaxshi ko‘rishgani singari, “sizga bunday qilishga imkon bermaymiz”.
Lekin sobiq ma’muriyatning asosiy tashqi siyosiy strategi, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton esa agar Qozog‘iston voqealariga noto‘g‘ri munosabat bildirilsa, imkon berishlaridan qo‘rqmoqda. Yakshanba kuni “The Wall Street Journal”da chop qilingan “Qozog‘istondagi inqiroz Sovet Ittifoqining qayta tiklanishimi?” maqolasida Bolton ogohlantirdi:
“NATOning qat’iyligi hozir Putinning bosqinchilik maqsadlarini erishib bo‘lmaydigan qilishi mumkin. Lekin NATO “qoidalarga asoslangan xalqaro tartib” haqidagi so‘zlar va hamma tomonlarga “vazminlikni namoyon etish” chaqirig‘i bilan cheklansa, tarixchilar keyinchalik Qozog‘iston inqirozini Sovet Ittifoqi qayta tiklangan payt sifatida ko‘rsatishlari mumkin”.
Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarning asosiy masalalarini ma’lum qildi
SSSR qaytishining oldini olish uchun Bolton Putinning talablariga yon bermaslik, ayniqsa, NATO sharqqa qarab siljimaslik majburiyatini zimmasiga olmasligini iltijo qilib so‘ragan.
U Ukrainani zudlik bilan NATOga qabul qilishni talab qilmaydi (buning imkonsizligini tushunib), lekin “zudlik bilan alyansga a’zo bo‘lmagan sobiq ittifoq respublikalari uchun strategiya ishlab chiqishni” taklif qiladi.
Demak, uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaga sharqqa siljimaslik kafolatlariga rad javobini berish va postsovet hududini ruslardan himoya qilish uchun strategiya ishlab chiqmoq darkor, bo‘lmasa ular Sovet Ittifoqini qayta tiklashadi.
Ha, Bolton atlantchilarning o‘z ta’sirini postsovet hududid qismida (kamida Ukraina, Gruziya va Moldovada) tutib olish qobiliyatiga ishonadi va buning uchun hozir qat’iy ravishda Putinn uning xavfsizlik kafolatlari talablari bilan “kovushini to‘g‘irlab qo‘yish kerak”.
Real kayfiyatdagi natochilar Ukrainaning antantizatsiyada turib olib (garchi ortga surilgan bo‘lsada), G‘abning o‘zi postsovet reintegratsiyasi jarayonini tezlashtirishdan xavotirda.
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo bo‘lsa nima bo‘lishini aytdi
Axir Moskva uning manfaatlari bilan qiziqib ko‘rishni istashmayotganlariga batamom ishonch hosil qildi va alyansni ukrain qartasini o‘ynash imkoniyatidan mahrum qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
Nima ham derdik? Rossiyaning postsovet hududi ustidan geosiyosiy nazorati qayta tiklanishi haqiqatdan ro‘y beradi – buni SSSRni qayta tiklash deb atash mumpkin, biz Yevroosiyo ittifoqi bunyodi haqida gapiramizku. G‘arb tish-tirnog‘i bilan xalaqit berishi mumkin, balandparvoz bayonot berib, hammani rus tahdidi bilan qo‘rqitishi mumkin – bularning bari unchalik muhim emas.
Biz hech kimdan hech narsa olmaymiz, shunchalik vaqtinchalik yo‘qotilgan narsani qayta tiklaymiz. Va bu nafaqat ruslarning manfaatlariga javob beradi, Qozog‘istondagi voqealar buni yaqqol ko‘rsatdi.
Biz O‘rta Osiyoni yo‘qotayotganimiz xususida qancha xavotirlar bo‘lgandi? O‘sha Qozog‘istonda G‘arb, Turkiya, Xitoy pozitsiyalari kuchaymoqda, bizlarni esa siqib chiqarishmoqda, tez orada biz barini qo‘ldan boy beramiz. Biroq inqiroz yuzaga kelishi bilan xaos va g‘alayonni faqat Rossiya to‘xtatishga qodirligi ma’lum bo‘ladi.
Chunki bizda haqiqatdan ishlovchi davlat va davlatchilik an’analari bor, qo‘shni davlatlar bilan taqdirlar va manfaatlar umumiyligini tushunish bor. Hatto ular uchun mas’uliyatni his qilish.
Ulardagi tinchlik bizning xavfsizligimiz masalasi, bizda u yerlardan kelgan millionlar yashaydi.
SSSR tarqalgan kun Rossiyada rasman Xotira kuniga aylanishi mumkin
Postsovet davlatlari xalqlarining o‘zi buni qanchalik yaxshi anglashadi? Axir mahalliy elita ham, tashqi kuchlar ham uzoq yillar ularni ular eng buyuk, mustaqil va yazshi turmush tarziga loyiqligini o‘rgatib keladi. Ayrim tashqi o‘yinchilar esa hamma muammolar rus bosqinchiligining asorati yoki Kreml nayranglari deb quloqlariga quyishadi.
Propaganda, albatta, jamiatning bir qismiga ta’sir ko‘rsatadi va biz izchil mahalliy elitani mafkurasi va ta’limini, jumladan, bizning umumiy o‘tmishimizni ko‘rsatish masalalarida, uzatishga turtishimiz zarur. Axir haqiqat fursati yetganda yordamni aynan Moskvadan so‘rashadi.
Negaki aldamaydi, negaki tahdidlar umumiy, negaki tarixiy xotira va kelajak umumiydir. Ichi qoralar qanchalik xalaqit berishga urinishayotganlariga qaramay.
Manba: RIA Novosti.