TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ma’lum qildi.
"Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak", — dedi Norboyev.
"Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaksina ‘omikron’dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq o‘tadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig‘ilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirishimiz va gigiyenaga qattiq e’tiborli bo‘lishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, 24-yanvardan keyin OTMlarda ta’lim jarayoni onlayn formatga o‘tkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kuni O‘zbekistonga Dubaydan kelgan xorijlik fuqaroda koronavirusning yangi omikron shtammi aniqlangani rasman ma’lum qilingan edi. "Omikron" shtammi aniqlangani sabab 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana orta boshladi
“Omikron” aniqlangan shaxs bilan samolyotda birga kelganlar karantinga olingan - SSV
O‘zbekistonda omikron shtammi aniqlandi