TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi.
Masimov va boshqa shaxslar davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston mamlakat xavfsizlik qo‘mitasiga asosan.
6 yanvar kuni Masimov tergov izolyatoriga joylashtirildi.
Davlatga xiyonat qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar 10-yildan 15-yilgacha qamalishi va Qozog‘iston fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.
Karim Masimov haqida
U 56 yoshda. Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti (iqtisod va huquq), Pekin madaniyat va tillar instituti (zamonaviy xitoy tili), Uxan universitetining xalqaro huquq instituti (xalqaro huquq) va Qozog‘iston davlat boshqaruv akademiyasida (moliya va kredit) tahsil olgan.
90-yillarda u banklarda ishlagan, 2000-yilda transport vaziri, 2001-yilda bosh vazir o‘rinbosari, keyin prezident Nazarboyevning yordamchisi (2003-2006), uning administratsiyasi rahbari (2012-2014) va bosh vazir (2007-2012 va 2014-2016).
Masimov rekord darajada - 8-yil bosh vazir lavozimini egallagan. U 2016-yilda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi va Toqayev prezident bo‘lganidan keyin ham bu lavozimni saqlab qoldi.
Milliy xavfsizlik xizmati general-leytenanti unvoniga ega.
Toqayev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng Olmaotadagi tartibsizliklar va aksilterror operatsiyasi fonida Karim Masimov ishdan bo‘shatildi.
55 yoshli Yermek Sagimbayev MXQ yangi rahbari etib tayinlandi.