Buxoroda yangi IES ishga tushdi - video

Buxoroda yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi. U yaqin2-3 kun ichida O‘zbekiston yagona elektr tarmog‘iga ulanadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Ayni damda ushbu stansiyani O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yaqin 2-3 kun ichida tarmoqqa quvvat uzatishni boshlaydi, - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu issiqlik elektr stansiyasi Buxoro viloyatida birinchisi hisoblanadi. Stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Yangi stansiya Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan. IES gaz-porshenli qurilmalar asosida ishlaydi va yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, deyilgan xabarda.
Qurilish jarayonida 500 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida, tumanda 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.