TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Afg‘onistonda har kuni aholining o‘n foizi giyohvand moddalarini iste’mol qiladi. Bu haqda muvaffaq hukumatning sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdul Bari Umar ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali.
Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning 39 million aholisidan 3,5 millioni har kuni giyohvand moddalarini iste’mol qiluvchi giyohvandlardir.
Toliblar* vakili har bir bunday narkomanlar kuniga 3 dollarlik narkotik iste’mol qilishiga aniqlik kiritgan.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan ko‘knor (opium)ning 85 foizi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2020-yilda ko‘knor yetishtirishga mo‘ljallangan yerlar maydoni 2019-yilga qaraganda 37 foizga ko‘paygan.
2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qo‘yganlarga soni 2,4 million kishi atrofida bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon”* harakati 1996-2001 yillarda hukumat teppasida bo‘lgan davrda hukumat giyohvand moddalarini ishlab chiqarish va kontrabandasining 96 foizdan ko‘prog‘ini nazorat qilgan. Boz ustiga mamlakatda giyohvand moddalariga qarshi kurashish oliy komissiyasi faoliyat yuritgan.
Ekspertlar yuzaga kelgan shart-sharoitlarda narkotiklarning qo‘shni mamlakatlarga kirib borishi ular uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishidan xavotir bildirishmoqda.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"** a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.