Bekobodda hokimlik vakili 128 ming dollar pora bilan ushlandi

Amaldor fuqaroga 1 gektar yer maydoni ajratilishida va bog‘cha binosini xususiylashtirib olishda yordam berishni va’da qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Bekobod shahri hokimligi bosh mutaxassisi yer maydonini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) xabar bermoqda.
Hokimlik vakili o‘zganing ishonchiga kirib, muqaddam bir necha bor sudlangan qarindoshi bilan birgalikda unga shahar hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilishida va bog‘cha binosini xususiylashtirib olishda yordam berishni va’da qilgan.
DXX va viloyat prokuraturasi xodimlari amaldorni fuqarodan 128 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olishgan.
JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yer ajratishdagi poraxo‘rlikka to‘xtalib, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsa, hurmat qilishni boshlashini aytgan edi.

Mavzuga oid:

Toshkentda 1 gektar yerni 200 ming dollarga olib berishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni 45 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
“Million dollarlar”: uch viloyatda yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi