TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Narzullo Oblomuradov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Deputatlar 30-dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda uning nomzodini Ekologiya qo‘mitasi raisligiga ko‘rib chiqib ma’qullashgan.
Oblomurodov shu yil fevralidan buyon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
U oktabrdagi prezident saylovida ushbu partiyaning nomzodi sifatida ishtirok etib, saylovchilarning 4,1 foiz ovozini olgan edi.
Ekoqo‘mitaning sobiq rahbari Alisher Maqsudov avgust oyida prezident tanqididan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi.