MDH mamlakatlarida 2021-yil harbiy mojarolarsiz o‘tdi. Xavfsizlik muammolari va mahalliy chegaralardagi keskinliklarni diplomatik va harbiy manevrlar bilan hal qilish mumkin bo‘ldi.
Shu bilan birga, Rossiya Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilariva yaxshi qo‘shnilariuchun tinchlik va barqarorlikning ishonchli kafolati bo‘lib qoldi. MDH va qo‘shni davlatlar uchun asosiy harbiy-siyosiy voqealarni xronologik tartibda emas, balki ularning ahamiyatini hisobga olgan holda ko‘rib chiqaylik.
SNV -3 shartnomasining uzaytirilishi
Salbiy prognozlarga qaramay, Rossiya va AQSh 3-fevral kuni Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi SNV-3 shartnomasini 5-yilga uzaytirdi, ya’ni u 2026-yil 5-fevralgacha amal qiladi. Murakkab xalqaro vaziyatda Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar (telefon orqali) muvaffaqiyatli bo‘ldi. Dunyo yengil nafas oldi. Shartnoma ikki yirik yadroviy davlatning strategik barqarorligi, ochiqligining zarur darajasini kafolatlaydi. Shartnoma AQSh va Rossiyada yiliga 18 tekshiruv o‘tkazishni nazarda tutadi. SNV-3 doirasida yadroviy qkurollar miqdori Rossiya va AQSh 2018-yil 5-fevralida erishgan paritet o‘zgarishsiz qoldi, ya’ni:
700 ta qit’alararo ballistik raketalar(QBR);
QBRlar tarkibida 1550 ta yadroviy kallaklar;
800 ta barcha turdagi, QBRlar shu jumladan og‘ir bombardimonchilar uchirish maydonchalari.
Tomonlar o‘zlarining strategik hujum qurollarining tarkibi va tuzilishini, jangovar kallaklar va etkazib berish vositalari sonini belgilangan chegaralarida mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega.
Ozod qilingan Afg‘oniston
Avgust oyida NATO qo‘shinlarning Afg‘onistondan olib chiqilishi, Tolibonning* hokimiyat boshiga tezkor qaytishi, o‘zini sayyoraviy hakam deb da’vo qilayotgan AQShning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatdi. Pentagonning 20-yillik afg‘on kampaniyasi uchun katta yo‘qotish bilan yakunlandi - 193 milliard dollardan 978 milliard dollargacha (turli manbaalarga ko‘ra) - mag‘lubiyat va geosiyosiy sharmandalik. Umuman olganda AQSh o‘nlab yillar davomida rivojlanayotgan mamlakatlarda “cheksiz” urushlarda mag‘lub bo‘lmoqda.
AQSh va Tolibon* 2020-yilning 29-fevralda Dohada Afg‘oniston sobiq hukumati, Tolibon* va boshqa kuchlar o‘rtasida siyosiy kelishuvga erishgan edi. Buning evaziga evaziga xorijiy qo‘shinlarni (NATO) olib chiqishni nazarda tutuvchi tinchlik bitimi tuzildi. Aslida esa, Tolibon * hokimiyatni raqiblari bilan bo‘lishishni rejalashtirmagan va ikki hafta ichida Kobuldagi amerikaparast hukumatni qurol kuchi bilan siqib chiqardi. Shunday qilib, Amerikaning Afg‘onistonda davlat qurilishi tajribasi yanada halokat bilan tugadi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘z hududlarida Pentagonning “muqobil aerodromi” (aslida tartibsizlikni proyeksiya qilish platformasi)ni joylashtirishdan qat’iyan bosh tortgani bejiz emas.
NATO yo‘nalishi bo‘yicha bombalar
Moskva Shimoliy alyans uchun harakat chegaralarini juda keskin belgilab berdi. Britaniyaning Defender 23 esminetsi Rossiya chegarasini buzib 3 km ichkariga kirganda. Rossiya chegara xizmati va Qora dengiz floti artilleriya qurollaridan o‘t ochib kema yo‘nalishini “to‘g‘rilab qo‘yishdi”.
Britaniya Mudoffaa vazirligining rasmiy versisasi, “go‘yoki kema Ukraina hududi orqali harakatlangani” to‘g‘risidagi bayonotlari, o‘t ochish bilan tekshiruvdan o‘tmadi. Qrim qirg‘oqlari yaqinida ataylab uyushtirilgan provokatsiya ayrim Britaniya kemasi ekipaji a’zolari uchun so‘nggi missiya bo‘lishi mumkin edi.
Ushbu voqea butun dunyoga NATO kemalari yuqori texnologik qurol oldida qanchalik ojiz ekanini yaqqol namoyish qildi. Sea Breeze-2021 o‘quv mashqlari doirasida hududiy ittifoqchilarining 32ta kemasi, 40ta samolyoti va 5 mingdan ortiq askardan iborat qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov “hamkorlar”ni biroz kamsitib bo‘lsa-da 24-iyun kuni Rossiya chegaralari buzilmas ekaniniga aniq ishora qildi "Biz sog‘lom fikr yuritishga, xalqaro huquq talablarini bajarishga, chaqirishimiz mumkin. Agar bular yordam bermasa nafaqat kema kursi bo‘yicha balkim aniq nishonga har bomba tashlashimiz mumkin, agar hamkasabalar bizni tushunmayotgan bo‘lsa”.
"G‘arb-2021" – munosib javob
Belarus va Rossiya sentabr oyida "Zapad-2021" strategik o‘quv mashqlari o‘tkazishdi. Unda 200 mingga yaqin harbiylar, 290 ta tank, 240 ta artilleriya to‘plari va reaktiv o‘t ochish tizimlari va 15 ta kema ishtirok etdi.
Ushbu o‘quv-mashqlarda yangi harbiy texnika namunalari va yangi taktik uslublardan foydalanildi. Jangovar bo‘linmalarda moto-o‘qchilar bilan yonma-yon
"Uran-9" va "Nerexta" zarba beruvchi robotlari ishtirok etdi. Ular 5km bo‘lgan masofada shartli dushmanning tirik joni va bronetexnikasini yo‘q qildi. Hujumda “Ataka” o‘t ochuvchi raketa tizimlari, reaktiv olov purkagichlar va 30mm li to‘plar ham ishtirok etdi.
Rossiya qo‘shinlari 60ta samolyot yordamida yoppasiga aviatsiya zarbasi berishni ham mashq qilishdi. Unda oltita Tu-22M3 og‘ir bombardimonchi samolyotlar ham bor edi. Shuningdek, "Inoxodes" ("Orion") va "Forpost" kabi zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlar ham ishtirok etdi. Havo desant kuchlarining tungi tashlash mashqi ham bajarildi. 1500 metr masofada portlovchi moddalar portlatilishi “dushmanni” ichki kuchlari bilan “aloqasini” uzib qo‘ydi. Ittifoqchi davlatlar xavfsizligini ta’minlash mashqlari muvaffaqiyatli bajarildi.
"G‘arb -2021" mashqlari AQSh boshchiligida o‘tgan keng ko‘lamli Defender Europe 21 manyovrlariga munosaib javob bo‘ldi.Mart oyida bo‘lib o‘tgan ushbu mashg‘ulotlar Uchinchi jahon urushini eslatdi – 26ta davlatdan 30 ming harbiylar yevropaning 12ta davlatida joylashgan 30 ta poligonida mashqlar o‘tkazishdi. Amerikaliklar Yevropaga nafaqat askarlarni balkim 1200 dona jangovar texnika ham olib kelishdi.
Porl-Xarbor-II
Iyun oyida Rossiya yangi tarixida ilk bor AQSh hududda joylashgan strategik obyektlarga ommaviy raketa zarbasi bersh mashqi o‘tkazildi. Amerikaning Porl-Xarbor harbiy bazasi yonida bo‘lib o‘tgan mashqlarda Tinch okeani floti ("Varag" raketa kreyseri) Uzoq aviatsiya bilan hamkorlikda Gavayya orollari qirg‘oqlaridan 20 dengiz mili masofasida joylashgan dushmanning avia tashuvchi guruhini yo‘q qilish mashqini bajardi.
Amerikaliklar bo‘lib o‘tayotgan "Perl-Xarborom-II"dan juda xavotirga tushishdi, o‘zlarining eng yaxshi qiruvchi samolyoti F-22 Raptorni havoga ko‘tarishdi. Gavayya shtati – Rossiyaning Qrim yarim oroliga o‘xshaydi, Amerikaning cho‘kmaydigan aviatashuvchisi.
Rossiya Tinch okeani floti 20ta kemadan iborat 4 qator tuzdi. Ular may oyida trli yo‘nalishlardan yo‘lga chiqib bir vaqtda yashirin ravishda hujum nuqtasiga yetib kelishdi. Bu Rossiya qirg‘oqlaridan 4ming km masofa. Hujumchi kemalar "Vulkan", "Kalibr", "Uran" kabi raketlar bilan jihozlangan edi. Kerakli vaqtda dengiz guruhiga zarba beruvchi raketa tashuvchilar Tu-95MS va Tu-160lar ham qo‘shildi. Bunday jamlanman yuqori texnologiyalari va ishonarli bo‘ldi.
Rossiya, kerak bo‘lganda dunyo okeanining istalgan nuqtasida raqibga gipertovushli yoki termoyadroviy zarba berishi mumkin. Bu hali imkoniyatlarning bir qismi xolos.
Kosmik qurol
S-550 – eng yangi koinotdagi nishonlarga zarba beruvchi tizim ushbu yilda davlat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va jangovar navbatchilikka kirishdi. S-550 oldingilaridan o‘zining uzoqqa zarba berish va keng diapazonda har qanday nishonni tutib olish qobiliyati bilan ajralib turadi.
Kosmik qurol hisoblangan ushbu qurol qit’alararo ballistik raketalarni ham tutib olish qobiliyatiga ega. Buning dalili sifatida Yer orbitasidagi eski sputnik "Selina-D"ni aniq urib tushirilishini aytish mumkin. Bunday fantastik qurolni dunyo hamjamiyati hozircha munosib baholay olgani yo‘q.
AQSh kosmik kuchlari Rossiya tomonidan sputnikning yo‘q qilinishini – ogohlantirish deb qabul qilishmoqda. Mabodo ertaga urush boshlanib qolsa Pentagon 1-2 soat ichida aksariyat kosmik razvedka va navigatsiya apparatlaridan mahrum bo‘lishi mumkin. Rossiyada S-550 noyabrdan ishlab chiqarila boshlandi. Ularda esa bunday tizim yo‘q.
Uzoqni nishonga olib
Kollektiv G‘arbining gibrid harbiy tahdidlariga Rossiya strategik raketa tashuvchi samolyot Tu-160Mni mutlaq yangilash bilan javob berdi. Rossiyaning uzoq masofaga zarba beruvchi strategik bombardimonchilari Tu-22M3 va Tu-160 noyabr oyidan buyon xalqaro xavfsizlikni yanada faolroq himoya qilmoqda. Ular Kremlning tinch niyatini Belarus, O‘rta-yer dengizi, Yapon dengizi va Sharqiy-Xitoy dengizlari ustida tarqatmoqda.
Moskva, Minsk, Damashq va Pekinning harbiy hamkorligi rivojlanayotgani kelajakda ko‘plab qiziq voqealardan darak berishi mumkin.
Dekabr oyida Rossiya “hamkorlar”ni tinchlik va xavfsizlikni kafolatlashga chaqirdi. AQSh va NATOga aniq shartnoma loyihalarini taklif qildi. Agar ular ushbu imkoniyatdan voz kechishsa, Rossiya assimmetrik javob sifatida Kuba, Eron, Suriya, KXDR va boshqa davlatlar bilan harbiy hamkorlikni boshlashga olib kelishi mumkin. Ushbu hamkorlik doirasida 5500 km masofaga zarba beruvchi strategik qanotli raketalar samolyotlarda joylashtirish mumkin bo‘lgan X-101 va yadroviy X-102 raketalari joylashtirilishi mumkin. Ushbu raketalar SNV-3 shartnomasiga kirmaydi. O‘shanda hamma o‘z kelishuvchanlik imkoniyatiga yarasha javob oladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling
*Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot