Taxtaqoracha dovoni noqulay ob-havo sabab yopildi

Tinimsiz yoqqan qor yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Taxtaqoracha dovonidagi noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 26-dekabr kuni soat 11:00 dan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
“Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi”, - deyilgan xabarda.
FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida ish olib borishmoqda.
YHXBB o‘z navbatida haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishni so‘ragan.
Yangi yil kuni qor yog‘adimi
Avvalroq O‘zgidromet dam olish kunlari ba’zi joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.