TOShKENT, 21 dek – Sputnik. Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga kelgan fuqaro muqaddam jinoyat sodir qilganlikda ayblanayotgani va hozirda qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) matbuot xizmati xabar berdi.
17 dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi bo‘yicha jarimasiga e’tiroz bildirib, viloyat YHXBga murojaat qilgan.
Fuqaroniing ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda u qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
U "qasddan badanga yengil shikast yetkazish”, “o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish” va “talonchilik” moddalaridagi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.
E.S. qo‘lga olingan va Chirchiq shahar IIBga topshirilgan.