TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Londonning ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 20 foizdan ko‘proq oshib, tarixda ilk bor ming kub metr uchun 2100 $dan oshdi.
Savdo sessiyasi ochilishida TTF indeksi bo‘yicha yanvar fyucherslarining qiymati 1800 dollar atrofida edi. Kun davomida tebranishlar kuzatildi va Moskva vaqti bilan 17:30 ga kelib narx 2120 dollarni tashkil etdi, bu bir kun oldingi hisob-kitobdan (1 716,7 dollar) 23,5 foizga yuqori.
Joriy bahorning ikkinchi yarmidan boshlab gaz narxi asta-sekin o‘sib bormoqda, ammo kuzning boshida kotirovkalar keskin rekord darajaga ko‘tarildi.
Mutaxassislar narxning keskin ko‘tarilishini bir qancha omillar ta’siri bilan izohladi: Yevropa yer osti omborlarining to‘lish darajasi pastligi, yirik yetkazib beruvchilar tomonidan taklifning kamayishi va Osiyoda suyultirilgan gazga talab yuqoriligi.
Kuzda “Shimoliy oqim- 2” qurilishi yakunlangani ma’lum bo‘ldi, biroq quvur operatorini sertifikatlash kechikmoqda, bu ham shartnomalarga ta’sir qilmoqda.