Samarqanddagi oshxonada yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Oqdaryo tumanidagi oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi jarohatlangan edi.
Sputnik
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Lazzat” oshxonasida yuz bergan portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19 dekabr kuni tumanning "Navro‘z" mahallasi Amir Temur ko‘chasidagi "Lazzat" oshxonasida chaqnash sodir bo‘lgan edi. Voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan.
Chaqnash oqibatida oshxonaning taxminan 40 kvadrat metr maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olgan.