Zardob oqsilini iste’mol qilish “yomon” xolestirin miqdorini kamaytirib, “yaxshi”larining ko‘payishiga va shu bilan yurakni himoya qiliga sabab bo‘ladi, deyiladi Daily Express xabarida.
Zardob oqsilidan mushak massalarini ko‘paytirish uchun foydalaniladi. U kokteyl uchun poroshok sifatida chiqariladi.
“Zardob oqsilini kunlik ratsionga qo‘shish bilan bir qatorda, yomon xolesterin miqdorini kamaytiradigan boshqa mahsulotlarni ham ko‘proq iste’mol qilish lozim”-deyilgan xabarda.
Shuningdek, eriydigan ozuqaviy tolalarga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya qilingan. Bir sutkada 3 gramm mahsulot yetarli. Xususan, ratsionga ko‘proq meva-sabzavotlar, suli yormasi hamda oddiy makaronlar o‘rniga donli makaronlar iste’mol qilish tavsiya qilingan.
Oziq-ovqatlardan tashqari, jismoniy faollik, jumladan, aerobik mashqlar ham muhim.