Odil Ahmedov futboldagi faoliyatini yakunladi – foto

Uzoq yillar O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasadi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Xitoyning “Sanchjou Mayti Layons” klubi yarim himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov futboldagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Odil Ahmedov bu qarorini “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobining taqdimot marosimida ma’lum qildi.
1 / 5
Odil Axmedov obyavil o zavershenii karyeri.
2 / 5
Odil Axmedov obyavil o zavershenii karyeri.
3 / 5
Odil Axmedov obyavil o zavershenii karyeri.
4 / 5
Odil Axmedov obyavil o zavershenii karyeri.
5 / 5
Odil Axmedov obyavil o zavershenii karyeri.
Ahmedov 1987-yil 25-noyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2000-yillarning boshida U "Navbahor" va Toshkentning "Lokomotiv" futbol klublari akademiyasida tahsil olgan. Keyinroq U Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashni boshlagan.
Odil Ahmedov 2007-yilda O‘zbekiston milliy jamoasi safida debut qilgan. Futbolchi milliy jamoa libosida 108 o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 4 ta jahon chempionati saralashida qatnashdi, 3 bor Osiyo kubogida ishtirok etdi. 2020-yil Ahmedov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
U shu kungacha Xitoyning "Sanchjou Mayti Layons" klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Ungacha esa "Paxtakor" (2006—2011), "Anji" (2011—2014), "Krasnodar" (2014—2016), "Shanxay SIPG" (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.
Ahmedov O‘zbekiston Jahon chempionati-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmaganidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov O‘FA prezidentining maxsus sovrini bilan taqdirlandi