Serbiya Rossiya tufayli gazdan katta mablag‘ tejab qolmoqda - Vuchich

Serbiya Rossiya bilan o‘z vaqtida imzolangan gaz yetkazib berish shartnomasi tufayli kuniga 8,6 million dollar tejab qolmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat Rossiya bilan o‘z vaqtida imzolangan shartnoma tufayli katta mablag‘ tejab qolmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz hozir gazning 1000 metr kubini 270 dollardan sotib olmoqdamiz. Birjada esa narxlar, ayrim Yevropa siyosatchilarining axmoqona bayonotlari oqibatida 1700 dollarga chiqqan va undan ham balandga chiqishi mumkin", - dedi Vuchich.
Serbiya prezidenti aytishiga ko‘ra, uning Rossiya prezidenti bilan noyabr oyida erishgan kelishuviga muvofiq, ular Rossiyadan gazni 6 barobar arzon narxga sotib olmoqda. "Agar shunday bo‘lmaganda 1-yanvardan boshlab Serbiya gaz uchun har kuni 17 million to‘lagan bo‘lardi. Hozir esa 1,6 millon dollar to‘lamoqdamiz", - dedi Vuchich.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda pandemiya hukm surgan vaqtda neft va gaz narxi keskin tushib ketgan edi. Xususan Yevropa bozorida tabiiy gaz narxi 2020-yilning yoz faslida o‘zining eng pastki nuqtasiga yetgan va o‘tgan yilning oktabr oyida sekin asta ko‘tarilishni boshlagan edi. O‘shanda Yevropa kompaniyalari gaz narx hali pastga tushadi, degan kutish bilan o‘z zahira omborlarini to‘ldirishmadi.
Ustiga ustak Osiyo bozorida suyultirilgan gaz narxi keskin oshishi tufayli Yevropaga gaz yetkazib beruvchi AQSh va Qatar o‘z mahsulotlarini to‘liq Osiyoga yo‘naltirishdi. Natijada Yeropa gaz bozorida tanqislik yuzaga keldi, Rossiya gazining ulushi 50%dan ortib ketdi.
Bu ham yetmagandan, "Shimoliy oqim - 2"ning ishga tushirilmaslik haqida kun ora matbuotda paydo bo‘layotgan xabarlar, bo‘shab qolgan omborxonalar, kirib kelayotgan qish mavsumi - gaz narxini tarixiy maksimumga chiqargan va undan ham balandga chiqarish ehtimoli mavjud.