TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Ma’lumki, Rossiya 18-dekabrdan boshlab “Ochiq osmon shartnomasidan” (OOSh) chiqdi. Bu AQShning 2020-yil 22-noyabr kuni ushbu shartnomadan chiqishiga muvofiq javob bo‘ldi.
Bu AQSh tomonidan o‘n yillar davomida yaratilgan dunyo xavfsizlik tizimini birinchi bor sindirilishi emas. Amerika uchun Yevroa yoki Osiyodagi “hamkorlar” yoki Yer sharidagi boshqa davlatlar manfaatlari sariq chaqaga ham arzimaydi.
Biroz oldin Vashington bir necha o‘zi uchun noqulay bo‘lgan Xavo hujumidan himoya va O‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketlar haqidagi xalqaro shartnomalardan chiqqan edi.
Endi navbat Koinotda ommaviy qurol vositasi joylashtirish haqidagi shartnomaga kelganga o‘xshaydi. AQSh HHKning X-37 shatllining koinotga uzoq safarlarining maqsadi haligacha mutlaq sir bo‘lib qolmoqda.
Aftidan AQShning porloq kelajagi yo‘lida, Pentagonni hech qanday xalqaro shartnoma cheklab turmasligi kerak – bu ularning global, strategik vazifasi. Yevropa xavfsizligini qurbon qilsa ham bo‘ladi.
Ochiq Osmon haqidagi shartnoma 1992-yilning 24-martida Xelsinikida imzolangan bo‘lib, 2002-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan. Unga ko‘ra bir davlatning maxsus fotokameralar bilan jihozlangan samolyotlari boshqa davlat ustidan uchib o‘tishga huquq beradi. Shartnomani YeXHTning 34ta davlati, jumladan AQSh va Kanada ham imzolagan edi. Unga ko‘ra dunyoning turli mamlakatlari ustidan amalga oshirilgan parvozlar davomida jamlangan materiallar yagona bazaga jamlanar edi.
OOShni razvedka vositasi deb qabul qilish kerak emas, chunki bugungi kunda mavjud sun’iy yo‘ldoshlar bitta mamlakat ustida muallaq qolishi va keraklicha ma’lumot to‘plash imkoniga ega. Jumladan elektromagnit to‘lqinlari yordamida ham.
Rossiyaning faol ishtirokida qabul qilingan OOSh birinchi navbatda o‘zaro ishonch, harbiy-siyosiy xavfsizlik, ochiqlikni maqsad qilgan va bir kun kelib nizolar tugashiga umid baxsh etayotgan edi.
Shu sababli Rossiya hukumati 2020-yilning 22-noyabrida Vashingtonning OOShdan chiqish haqidagi qarorini afsus bilan qabul qildi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi “Amerika ishtirokisiz ushbu shartnomadan ma’no yo‘q”, deb izoh berdi. Moskva NATOning boshqa davlatlari bor bo‘lgan, lekin AQSh bo‘lmagan shartnomada ishtirok etishni o‘ziga ep bilmadi. Chunki ular kerakli ma’lumotni AQShga yetkazib turishi mumkin edi.
Muammoni chigal qilish
Aslida Vashington o‘zaro parvozlar g‘oyasini birinchi bo‘lib olg‘a surgan edi (o‘ziga xos razvedka). Keyinchalik shartnomani raqamli platformaga o‘tkazish (o‘zlari ustuvor bo‘lgan sohaga) taklif qilindi. O‘z vaqtida Rossiya hududidagi harbiy obyektlarni samolyotdan turib suratga olishga ruxsat berish – oson qaror bo‘lmagan edi. Lekin Rossiya mukammal raqamli suratga olish texnikasi yaratganidan so‘ng esa, AQSh o‘z hududida “uchish mumkin bo‘lmagan zonalar” va boshqa to‘siqlar tashkil qila boshladi.
Biroz oldin AQSh Davlat departamenti Rossiyani OOSh doirasida olingan ma’lumotlardan AQSh va Yevropada strategik muhim obyektlarga zarba berish uchun foydalanishni maqsad qilishda ayblagan edi. Go‘yoki buning uchun Rossiyaning Yer orbitasida joylashgan harbiy kismik apparatlari borligini unutib qo‘ygandek.
OOSh doirasida hamkorlik qilishda AQSh va NATOning doimiy ravishda bir tomonlama ustuvorlikka ega bo‘lishga harakat qilishi doimiy ravishda kuztildi. Bunda faktlarni qisman ko‘rsatish, ochiqcha yolg‘on, javobgarlikni boshqaga to‘nkash va boshqa qator uslublar qo‘llanildi.
Aslida esa Amerikaning nodemokratik Rossiya va Xitoyga qarshi ayblovlari ortida AQShda yuqori iste’mol darajasini saqlab qolish - boshqalar hisobiga yashash istagi yotadi xolos.
Vashingtonning Havo Mudofaasi, Yaqin va o‘rta masofaga uchuvchi raketalar haqidagi va Ochiq osmon shartnomalaridan chiqishi – yagona strategiyani anglatadi. Ular kelajakda Yevropa va Tinch Okeani harbiy harakatlar hududlarida o‘zlarining “ko‘p domenli, bulutli” (multi-domain cloud) ssenariylarini erkin amalga oshirishlari uchun imkon yaratmoqda. Ya’ni oldin imzolangan xavfsizlik shartnomalariga ko‘ra raketa qurollari joylashtirish joyi, ularning uchish uzoqligi bo‘yicha olgan majburiyatlaridan xalos bo‘lishmoqda. Jumladan gipertovushli qurollar borasida ham.
AQSh Harbiy havo kuchlarini qo‘llash doktrinasi “Qo‘shin tirik qolishi va bir vaqtning o‘zida jangovar quvvatni kuchaytirish bo‘yicha proaktiv va reaktiv operativ sxema” deb nomlanadigan bo‘lsa, bu faqat bir narsani anglatadi - yuqori texnologiyali urushga tayyorgarlik ko‘rishni. Rossiya va Xitoyga qarshi.
Amaliy funksiya
Pentagonning nomaqbul harakatlari uning Osiyo va Yevropadagi hamkorlariga katta zarar yetkazishi mumkin. AQShning bundan xabari bormikan, lekin yo‘qotishlarsiz global siyosatni yuritib bo‘lmaydi. Yevropa buni tushunarmikan?
Berlinda 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan anjumanda Ochiq Osmon shartnomasiga taaluqli, quyidagi qiziq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Verner Zone, Germaniya atlantik assotsiatsiyasi boshqarmasidan:
- Ochiq Osmon haqidagi shartnoma Sharq va G‘arb orasida muhim hamkorlik aspoblaridan biri edi. Afsuski u bkor qilindi. NATO ushbu shartnomaga qaytishga tayyormi? Siz ushbu muhim shartnomaga qaytish uchun Rossiya bilan suhbat qilishga tayyormisiz?
Yens Stoltenberg, NATO bosh kotibi:
- NATO qurollarni nazxorat qilish ustida ishlamoqa, jumladan OOSh ustida ham. Lekin biz Rossiya tomonidan ushbu shartnomaga amal qilish borasida ayrim muammolarni ko‘rdik, biz shuningdek Rossiyaning shartnomadan chiqish haqidagi qaroridan afsusdamiz, lekin biz suhbatga tayyormiz. Men uchun qurol aslaha bo‘yicha suhbat qilish – bu kuchsizlik belgisi emas. Biz o‘zimizga ishonamiz, biz kuchlimiz, shu sababdan hech qachon Rossiya bilan gaplashishdan qo‘rqmaymiz.
Berilgan savol aniq edi, lekin javob – noaniq bo‘ldi. Demak shartnomaning keyingi taqdirida heya qanday yaxshilik kutish kerak emas.
Stoltenberg, albatta, OOShni kim buzganini juda yaxshi biladi. AQSh Germaniya va YeIning boshqa mamlakatlari fikriga zish ravishda hech qanday muhokamasiz, o‘z manfaatlari yo‘lida shartnomani tark etdi.
G‘arb va Sharq orasida keyingi qarama-qarshilikda ham Shmoliy alyans cheklangan erkinlikka ega. Shartnomalar hech narsani cheklamay qo‘ygan. Yevropaliklar fikri – hech narsani hal qilmaydi.
Pentagonning o‘rta masofaga uchuvchi gipertovushli raketalari Yevropada joylashtirilmaganining yagona sababi – ular haliyam uchishli bilmasligidadir.
“Yaqin va o‘rta masofalarga uchuvchi raketalarni Yevropa va Osiyo-Tinch okeani hududida joylashtirish, hududiy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Shu sababli bizning bu kabi raketalarini joylashtirishni ta’qiqlash haqidagi taklifimiz haligacha o‘z kuchida qolmoqda”, - dedi yaqinda Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov.
OOSh nomli poyezd jo‘nab ketgan bo‘lsada, Rossiya TIVi bugun AQSh va NATO bilan imzolanishi mumkin bo‘lgan bir necha shartnomalar loyihalarini e’lon qildi. Agar Moskvaning “deeskalatsiya qilish” va “yangi xavfsizlik muvozanati” o‘rnatish haqidagi takliflari “hamkorlar”ni qoniqtirmasa, unda dunyoni rus qurolining chiroyi asrab qoladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.