Shavkat Mirziyoyev Seulda tantanali kutib olindi - foto

O‘zbekiston va Koreya yetakchilari sammitining asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni Koreya Respublikasi poytaxtida tantanali kutib olindi.
Seul aeroportda O‘zbekiston prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi. Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Yujnuyu Koreyu
Sammitning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamio‘, Shavkat Mirziyoyev Seulda oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Yujnuyu Koreyu
Kun tartibidan O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va ko‘p qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Yujnuyu Koreyu
Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrif Shavkat Mirziyoyevning yangi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyin xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan uchinchi rasmiy tashrifidir. Birinchi tashrif 19-noyabr kuni Moskvaga, ikkinchi tashrif 5-6 dekabr kunlari Nur-Sultonga bo‘lib o‘tgan edi.