Kimlarga mango yeyish mumkin emas?

Shifokor mango mevasining foydali jihatlari va kimga qat’iyan mumkin emasligi haqida so‘zlab berdi.
Sputnik
Mango allaqachondan beri bozor rastalarida ekzotika belgisi bo‘lmay qoldi. U ko‘pchilikning sevimli mahsulotiga aylanib ulgurdi. Biroq, vrach-parhezshunos Lera Lavski RIA Novostiga bergan intervyusida mangoning ayrim insonlarga zararli jihatlari haqida so‘zlab berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mango foydali vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy. Vitamin S miqdori bo‘yicha (100 g mangoda 69 mg vitamin) mango hatto limonni ortda qoldiradi.
“Shamollash va viruslar mavsumida- mango immunitetni mustahkamlash uchun ajoyib ozuqaviy manba. Tarkibidagi magniy, kalsiy, temir va rux moddalari sababli mangoni muntazam iste’mol qilish yurak- qon tomir tizimi hamda ko‘zlar salomatligini yaxshilaydi”, deya ta’kidladi shifokor.
Biroq, bizning hududlarda mango ekzotik meva hisoblanadi, shuning uchun u allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Allergiyasi bor insonlarga u mumkin emas.
Qonda shakar miqdorini nazorat qilayotgan insonlarga ham mango mumkin emas, u shirin meva, qonda insulin miqdorini ko‘paytirib yuborishi mumkin.
Insulin ko‘payib ketmasligi uchun esa ushbu mazali mevani ovqatdan so‘ng, 50 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish maqsadga muvofiq.