FXX Moskvada ID* tarafdori-talabani qo‘lga oldi - video

Moskvada ID* tarafdori qo‘lga olindi, u talabalarni “verbovka” qilishga harakat qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Moskvada tengdoshlari orasida jinoiy mafkurani targ‘ib qilgan Rossiya texnologik universiteti (Moskva radiotexnika, elektronika va avtomatlashtirish instituti - MIREA) talabasi qo‘lga olindi, deb xabar qildi FXX.
“Poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining talabalarini diniy ekstremistik va terroristik harakatlarga jalb qilishga uringan “Islom davlat”* xalqaro terroristik tashkiloti tarafdori faoliyatiga chek qo‘yildi”, — deyilgan xabarda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo respublikalaridan birining fuqarosi bo‘lgan yigit bir necha bor “IShID”* jangarilarini oqlagan va Iroq va Suriyada xalifalik qurishga chaqirgan.
U universitet yotoqxonasida qo‘lga olindi.
Terrorchilik faoliyatiga ommaviy da’vat yoki terrorizmni oqlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Oxirgi ikki yil davomida Rossiya xavfsizlik kuchlari 90tadan ortiq teraktni oldini oldi.
* Tashkilot terrorchi sifatida tan olingan va Rossiyada taqiqlangan.