AQSh yuqori texnologiyali qurol-aslaha ishlab chiqarishda dunyoda yetakchiligini yo‘qotmoqda. Gipertovushli raketalar ishlab chiqarishda muvaffaqiyatsizliklar Pentagonni xavotirlantirmoqda. Big Stick diplomacy ya’ni "katta to‘qmoq" diplomatiyasi o‘tmishda qolmoqda. Vashington Moskva va Pekindan ortda qolmoqda.
AQSh harbiy budjeti 778 mlrd. dollarga yetdi. Shundan 3 milliardi faqat gipertovush tezligida uchadigan raketa yaratish uchun yaratilgan. 2022-yilda amerika ushbu maqsal yo‘lida yana 3,8 milliard dollar xarajat qilishni rejalashtirgan. Ushbu mablag‘ butun boshli Yevropa Ittifoqining mudofaa tashabbusi xarajatlariga teng (4 mlrd dollar).
Pentagon hisob-kitobiga ko‘ra, harbiy dengiz kuchlari uchun gipertovushli raketa ishlab chiqarish uchun 5-yilda yakunlanadi. Parvoz uzoqligi 2700 km bo‘lgan raketa 2024-yilda tayyor bo‘ladi va Yer sharining istalgan nuqtasida “tanlangan muhim nishonlarga” “bir soat ichida” zarba bera oladi. Haqiqatda esa amerikalik qurol ishlab chiqaruvchilar raketaning dastlabki tezlashish muammosini ham hal qila olishgani yo‘q. Gipertovush tezligida uchish esa – udan ham katta texnologik muammodir.
Havo harbiy kuchlari tomonidan qo‘llaniladigan gipertovush raketasini AGM-183A (ARRW) AQShda 2022-yilning kuzida qurolli kuchlar tomonidan qabul qilish rejalashtirilgan edi. Lekin hozircha sinalayotgan prototiplar, qancha pul sarflanmasin, tezlashishni istamayapti.
AGM-183 raketasining 2021-yilning aprel va iyul oylarida bo‘lib o‘tgan sinovlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Pentagonning quruqlik qo‘shinlari uzoqqa (3000km) zarba beruvchi mobil gipertovushli raketa tizimi LRHW (Long Range Hypersonic Weapon)ni 2023-yildan so‘ng olishi kerak, lekin hozircha faqat tezlashish moslamalarining muvaffaqiyatsiz sinovlari o‘tkazildi xolos.
AQSh Mudofaa vazirligining Istiqbolli izlanishlar dasturi boshqarmasi sentabr oyida HAWC (Hypersonic Air-breathing Weapon Concept) raketasi prototipining muvaffaqiyatli sinovi haqida juda qisqa ma’lumot tarqatgan edi. Joyi va vaqti ko‘rsatilmagan tajriba sinovi davomida prototip raketa tezligi 5 Maxga yetgani aytilgan. Lekin mutaxassislar ushbu natijani ishonqiramay qabul qilishdi.
Plazma harorati
Amerikaning gipertovushli loyihalarini amalga oshirish jiddiy texnologik va muhandislik muammolariga duch kelmoqda. Ular orasida materiallar va issiqlik bilan bog‘liq muammolar ham bor. Gipertovush tezligigacha tezlashgandan so‘ng atmosferada manyovrli parvozlar boshlanadi. Ushbu parvoz yuqori haroratli plazma buluti ichida bo‘lib o‘tadi. Ushbu plazma raketa korpusini yoqib yuborishi mumkin, jumaladan unda o‘rnatilgan har qanday antenna va axborot olish moslamalarini ham. Ana shunday sharoitda gipertovushli raketaning elektron qismi uning nishonga to‘g‘ri yetib borishi, manyovrlarini ta’minlashi kerak. Bu esa materialshunoslik, dvigatellar qurish, elektronika va aerodinamika sohasida ulkan bilimlar talab etadi va kashfiyotlar uchun imkon yaratadi.
Misol uchun, Alyaska osmonida bo‘lib o‘tgan X-43A amerika gipurtovushli raketasi parvozdan 7 soni o‘tib 6500 km/soat tezlikda atmosferada yonib ketdi. Rossiyaning "Sirkon"lari esa yonmaydi.
Pentagon uchun vaziyatning yana bir achinarli tomni shundaki, Rossiyaning bir necha baravar kam budjet xarajatlari hisobiga ishlab chiqilgan gipertovushli raketalari 2016-yildan buyon muvaffaqiyatli parvozlar amalga oshirib kelmoqda. "Sirkonlar" seriyali ishlab chiqarilmoqda.
Gipertovushli "Avangard" raketasi esa 28 Max tezlikkacha tezlashishi mumkin, "Kinjal" va "Sirkon"lar - 10 maxgacha. Xitoyning DF-17 raketasi ham 10maxgacha tezlashishi mumkin.
Rossiyaning havo-kosmik kuchlari 2022-yilda gipertovushli qurollarning istiqbolli namunalarini jangovar navbatchilikka qabul qiladi. Bu bilan Rossiya AQShdan o‘zining texnologik ustunligini oshiradi. Bu vaqtda AQSh gipertovush dasturi g‘alati tendensiya namoyish qilmoqda – rejali “ko‘zbo‘yamachilik”.
Kortlend shahrida (Alabama shtati) Lockheed Martin kompaniyasining gipertovush raketalar ishlab chiqaruvchi zavodi paydo bo‘ldi, lekin shu kunga qadar u hali birorta raketani sinovdan o‘tkazgani yo‘q. Korxonada 2022-yil oxiriga qadar AQSh HHKlari uchun 12 ta gipertovushli (mavjud bo‘lmagan) raketalar AGM-183A ARRW ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kompyuter yordamida chizilgan reklama tasvirlarida gopertovushli raketalar "metallda"gi mahsulotlardan jiddiy farq qiladi.
Shu vaqtda Rossiya havo mudofaasi kuchlari gipertovushli raketa zarbalarini qaytarishni o‘rganmoqda. Ana shunday turkumli birinchi o‘quv-mashqlari oktabr oyining oxirida bo‘lib o‘tdi.
Astraxan viloyatida joylashgan Ashuluk poligonida yuqori tezlikda harakatlanuvchi nishonlarga qarshi jangovar o‘t ochish mashlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu maqsadlar uchun Rossiyaning S-300, S-350, S-400, S-500 rusumli havo-mudofaa majmualari bor.
Yetakchilar poygasi
AQSh va NATO ularning barcha havo mudofaa tizimi hamda dengiz aviatashuvchi guruhlarini yo‘qqa chiqaradigan Rossiyaning “Avangard”, "Sirkon" va "Kinjal" raketalari namoyish qilinganidan so‘ng AQSh hali o‘ziga kelmasdan turib, Xitoy ham o‘zining gipertovushli qurolini namoyish qildi.
Pekin reklama roliklari namoyish qilmagan bo‘lsa-da, Amerika OAVlari aytishiga ko‘ra raketa “fizika qonunlarini yengib o‘tgan”. Yadroviy kallaklar tashish imkoniga ega bo‘lgan "Chanchjen" uchish apparati yaqinda Janubiy Xitoy dengizi ustida o‘tkazilgan sinovlarda Yer sharini aylanib o‘tib nishondan biroz chetladi. Uzoqligi 40 ming km (ekvator uzunligi) bo‘lgan parvoz uchun bu ajoyib natija.
Amerika razvedkasi bunga – “ular buni qanday amalga oshirganini biz mutlaq tushunmadik” deb izoh berishdi. AQSh birlashgan qo‘mondonlik shtablari boshlig‘i Mark Milli Xitoyraketalari Amerika havo mudofaa tizimini yengib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilishdi. Pentagon bunday texnologiyalardan qanday himoyalanishni bilmaydi va Pekinning yangi harbiy imkoniyatlarida o‘ta xavotirda. O‘z navbatida Xitoyning AQShdagi elchixonasi vakili Lyu Penyuy “Xitoy harbiy siyosati aslida himoya maqsadlarni ko‘zlaganini” aytib o‘tdi.
Biroz oldin Rossiya Qurolli kuchlari safiga qabul qilingan “Avangard” fantastik bloki dunyodagi gipertovush qurollari poygasida Rossiyani birinchi o‘ringa chiqargan edi. Britaniyaning The Telegraph nashri ushbu qurolning harbiy qo‘llanish taktikasini tasvirlab berdi. Uralda 26-dekabr kuni uchirilgan tashuvchi-raketa ochiq koinotga chiqmasdan, stratosferada jangovar kallakni zarba berish nuqtasiga yetkazib qo‘ygan. Jangovar kallak dvigatel ishlatmagan holda zig-zag shaklidagi trayektoriya bo‘ylab harakatlanib Sibir ustida 7000 km parvoz qilgan va Kamchatkada joylashgan nishonga aniq zarba berdi.
Shu yerda bir narsani aniq aytib o‘tish kerak: Rossiya va Xitoy Yer sharidagi qo‘shnilar bilan harbiy to‘qnashuvga kirishishdan mutlaq manfaatdor emas. Gipertovush qurollar esa – kollektiv G‘arbning o‘ylovsiz agressiyasidan o‘z hududlarini himoya qilish maqsadida yaratilgan. Moskva va Pekin o‘zlarining yuqori texnologiyali harbiy quvvatni suiiste’mol qilayotgani yoki biror kimga tahdid solayotgani yo‘q.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkning Telegram kanaliga obuna bo‘ling.