TOShKENT, 16 dek — Sputnik. 14-dekabr kuni Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ayblanuvchi Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-,97-moddasi 2-qismi "l" bandi, 97-moddasi 2-qismi "a","v","g","j","l","r" bandlari, 25-,97-moddasi 2-qismi "a","g","r" bandlari, 119-moddasi 2-qismi "g" bandi, 130-moddasi 2-qismi "a" bandi, 140-moddasi 2-qismi va 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud hay’ati sudlanuvchi, jabrlanuvchilar, ularning qonuniy vakillari va guvohlarni ko‘rsatmalarini eshitib, ishga qo‘shilgan hujjatlarni tekshirib, taraflar muzokarasi hamda sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, o‘z hukmini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Sh.I.ga Jinoyat kodeksining 25-,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish), 119-moddasi 2-qismi "g" bandi (jinsiy ehtiyojni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, g‘ayritabiiy usulda qondirish), 130-moddasi 2-qismi "a" bandi (pornografik mahsulotni tayyorlash, tarqatish, namoyish etish), 219-moddasi 1-qismi (fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish), 140-moddasi 2-qismi (internet tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish), 97-moddasi 2-qismi "a","v","g","j","r" bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni, aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni, o‘z xizmat yoki burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni, o‘ta shafqatsizlik bilan, bezorilik oqibatida, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan qasddan o‘ldirish) bilan Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.