O‘zbekiston radiatsion xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlamoqda

Radiatsion xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalasida O‘zbekiston Rossiya va MAGATE bilan hamkorlik qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. O‘zbekiston radiatsion xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha MAGATE va Rossiya bilan izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqida 14-dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Toshkentbayev xabar qildi.
"Bu borada (radiatsion xavfsizlik - tahr.) ta’minlash bo‘yicha oldimizda turgan vazifalardan eng muhimlaridan biri, bu - kadrlar masalasidir, - deydi Toshkentbayev. Ayni vaqtda 3 nafar o‘zbekistonlik talaba Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ko‘magida Moskva shahridagi Milliy MMFI - Milliy tadqiqot yadro universitetida o‘qimoqda. Keyinchalik ular o‘z faoliyatini departamentda amalga oshirishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari MAGATE iblan hamkorlikda qator ilmiy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Koronavirus tufayli ushbu tadbirlarning aksariyati onlayn tashkil etilmoqda. Ularda O‘zbekistonda 200 nafar mutaxassis onlayn ravishda va 85 nafari bevosita chet davlatlarga borib ishtirok etishdi.
Toshkentbayev aytishiga ko‘ra, bu borada Rossiya bilan ayniqsa yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan "Rostexnadzor" bilan hamkorlikda 2022-2023 yillarda 8 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning Yadro xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-texnik markazida, 3 nafari Novo-Voronej AESida va yana 2 nafarini Belarus AESida xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha tajriba orttirish, o‘rganish uchun yuborish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu majlisda shuningdek O‘zbekistonda 4 mln. tonna radioaktiv chiqindilar borligi ma’lum qilingan edi. Ushbu chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida to‘planib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud. Masalan, Qozog‘istonda — 240 mln. tonna, Qirg‘izistonda - 132mln. tonna, Tojikistonda - 42 mln.tonna, - deb xabar qilingan edi brifiongda. Ayni damda ushbu chiqindilar joylashgan hududlarni ekologik sog‘lomlashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Bu O‘zbekistonni o‘zgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi ta’lim haqida